Maktabimizda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 2025-yil 25-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-sonli qaroriga asosan, "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish", hamda o‘quvchi qizlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Unda maktab MMIBDO‘ D.To‘g‘ayeva, maktab psixologi S.Maxkamova, maktab xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Saydahmedova, maktab hamshirasi N.Shorustamova, QTMP qizlar ginekologi Z.Zufarova, patronaj hamshirasi R.Sodiqova, "Huvaydo" MFY xotin-qizlar faoli R.Fuzailova ishtirok etishdi. Suhbat davomida har bir inson sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, sport bilan ko‘proq shug‘ullanishi, tozalik va gigiyenaga amal qilishi, kelajakda kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashi, ta'lim yo‘nalishlari va ta'lim tizimidagi yangiliklar haqida tushunchalar berildi. Maktab psixologi: S.Maxkamova.
Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 2025-yil 17-aprel sanasida 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari bilan "Menejment va zamonaviy texnologiyalar" universitetining iqtisodiyot va biznes boshqaruvi pedagog xodimlari H.Ziyoratqulov, Z.Shomurodova, D.Qahhorova tashrif buyurishdi. O‘quvchilarga davlat tomonidan to‘liq qoplanadigan va universitet tomonidan 100 foizgacha qoplanadigan grant asosida tahsil olish imkoniyatlari, ta'lim yo‘nalishlari hamda xalqaro mehnat bozorida kompaniyalar kurslarida bepul o‘qish, xalqaro darajadagi mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘lish haqida ma'lumot berildi. Maktab psixologi: S.Maxkamova.
Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 2025-yil 17-aprel sanasida 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari bilan Toshkent PERFECT Universiteti N.F.F.G. dotsenti Sh.Nizamova, F.F.F.(RHD) dotsenti Sh.Kimsanboyeva tashrif buyurishdi. Universitetda chet el universitetlari bilan 2+2 formatida o‘qish imkoniyati hamda qo‘shma diplom dasturi mavjudligi va ta'lim yo‘nalishlari haqida tushuncha berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Maktab psixologi: S.Maxkamova.
Toshkent viloyati Toshkent tumani 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 3-v inklyuziv sinfi va 4-b sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan "Barkamol avlod" guruhi sinf rahbari F.Zairova, maktab kutubxona mudirasi Saodat Anvarova, OMMIBDO‘ Dilbar To‘g‘ayeva boshchiligida Tuman Axborot-Kutubxona Markazi bilan hamkorlikda "Bolaga telefon va gadjet emas, kitob bering azizlar!" mavzusida chellenj o‘tkazdilar. Unda o‘quvchilar kitob va uning foydalari haqida davra suhbati o‘tkazib, "Uy" animatsion filmini tomosha qildilar. Telefon va gadjetlarning foyda va zarari haqida fikr bildirdilar. Kitob haqida she’rlar yod oldilar. Kitob mavzusida jamoa bo‘lib rasm bo‘yab, taqdimot qildilar. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘z fikrlarini ifoda etib, kunga chiroyli yakun yasadilar. Sinf rahbari: Feruza Zairova.
Toshkent viloyati Toshkent tumani 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 3-v sinfi qizlari sinf rahbari boshchiligida tumanimizdagi Suv sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabiga ochiq eshiklar kuni tashkil etdilar. Yozgi ta’til kunlarida o‘quvchilar bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida sport maktabidagi sharoitlar bilan tanishib, sport murabbiyidan ilk suzish darsini oldilar. Sinf rahbari: Feruza Zairova.
Toshkent tumani 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 2-a sinf o‘quvchilari "Yo‘l qoidasi — umr foydasi" mavzusidagi tadbir o‘tkazdilar. Sinf rahbari: N.Zakirova.
Toshkent tumani 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 2025-yil 25-aprel kuni 1-A va 1-B sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Musobaqada 1-B sinf inklyuziv o‘quvchisi Musayev Muhammad Yusuf faol ishtirok etdi. Musobaqada do‘stlik g‘alaba qozondi. 1-A sinf rahbari: S.Ataboyeva 1-B sinf rahbari: H.Yusupova Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi: D.To‘g‘ayeva
Toshkent viloyati Toshkent tumani 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 3-v inklyuziv sinfi va 4-b sinfining 32 nafar o‘g‘il bolalari yaqinlashib kelayotgan yozgi ta’til kunlarida sport bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilish, suv sporti turlari haqida ma’lumot olish maqsadida Toshkent tumani Suv sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabiga ochiq eshiklar kuni tashkil etdilar. O‘quvchilar suv havzasida suzish mashg‘ulotining ilk darsini oldilar. Suvda suzish havasini chiqardilar. Sinf rahbari: Feruza Zairova
Toshkent tumani 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 2025-yil 25-aprel kuni "Kitob mening do‘stimsan" mavzusida 2-B sinf o‘quvchilari tomonidan tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar kitob haqida she’r va qo‘shiqlar aytishdi, sahna ko‘rinishlari orqali tadbir mazmunli tashkil etildi. Sinf rahbari: S.Tolipova